
"Chelsi" futbolchisi Xavertsni ko‘ndirmoqchi
"Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverts yozda "Chelsi" tarkibini to‘ldirishi mumkin.
Londonliklar himoyachisi Antonio Ryudiger 21 yoshli germaniyalik futbolchi bilan aloqaga chiqib, uni "Chelsi"ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi.
Oldinroq, Ryudiger "Leyptsig" forvardi Timo Vernerni "ko‘klar" tarkibiga o‘tishga ko‘ndirishga uringani ma’lum bo‘lgan edi.
Bundesliganing joriy mavsumida Xaverts 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar