
“Chelsi”: U so‘nggi imkoniyatini oldi!
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa yarim himoyachisi Kallum Xadson-Odoiga “aristokratlar” libosiga munosib ekanini isbotlashi uchun so‘nggi imkoniyatni berganini aytdi.
- Kallum uchun muhim palla boshlandi. Jamoada jarohatlar tufayli yuzaga kelgan vaziyat uning foydasiga ishladi. U o‘z faoliyatida burilish yasashga qodirligini isbotlashi kerak. Kallumga jamoamizning haqiqiy a’zosi sifatida munosabat qilishimiz uchun u qolgan uchrashuvlarni yuqori saviyada o‘tkazishi shart.
Bunga erishish uchun u bitta o‘yin yoki bir necha daqiqa emas, balki doimiy tarzda zo‘r o‘ynashi kerak bo‘ladi, - dedi Tomas Tuxel.
Kallum Xadson Odoi “Norvich”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda o‘z golli hisobini ochdi. “Chelsi” libosida joriy mavsumdagi uchinchi o‘yinini o‘tkazgan yarim himoyachi jamoasining 7:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Fikrlar