
“Chelsi” bir jamoaning ikki to‘purarini olib ketmoqchi
“Chelsi” yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi ijrochilar topib qo‘ydi.
“Aristokratlar” Bundesligada o‘zini ko‘rsatayotgan ikki to‘purarni nishonga oldi. “Leyptsig” vakillari Benyamin Sheshko va Lois Openda mavsum yakunlanishi bilan “Chelsi” masalasini o‘ylab ko‘rishi mumkin.
SportsCasting nashrining yozishicha, londonliklar har ikki iste’dodli futbolchi bo‘yicha taklif tayyorlayapti.
Londonliklar bir urinishda “Leyptsig” asosiy hujum juftligini qo‘lga kiritib, jamoaning oldingi chiziqdagi muammolarini bittada hal qilishni ko‘zlagan.
Fikrlar