
"Chelsi" "Barselona" qiziqish bildirayotgan vingerni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
"Chelsi" yozgi transferlar oynasida katta xaridlarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Jamoaning asosiy rejalaridan biri bu hujumkor futbolchilar bilan shartnoma imzolashdir. "Aristokratlar" "Atletik" vingeri Niko Uilyamsga qiziqish bildirmoqda.
Fabritsio Romano xabar berishicha, Futbolchi ushbu yozda "basklar" safini tark etish niyatida, lekin u katta maosh so‘raydi. Shu bilan birga, ispaniyalik futbolchining tovon puli 58 million evroni tashkil qiladi. Ayni paytda Niko e’tiborini Evroga qaratgani uchun mazkur turnirdan keyin kelajagini hal qilib oladi. Sababi, unga "Barselona" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Uilyams kataloniyaliklar futbolchisi Lamin Yamal bilan yaqin do‘st hisoblandi. Shunday ekan, 2007 yilda tug‘ilgan vinger jamoadoshini ko‘ndirishga harakat qilib ko‘radi. Hozircha "Atletik" o‘yinchisi Ispaniya uchun Evroda ikkita uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.
Fikrlar