
“Chelsi” asosiy yulduziga narx qo‘ydi. Uni yanvarda sotib yubormoqchi
“Chelsi” rahbariyati klub tarbiyalanuvchilari orasida eng iqtidorlilarilan hisoblangan Konor Gallaxerni sotib yuborishga tayyor.
The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” 23 yoshli yarim himoyachini 50 million funtga qo‘yib yuboradi.
Gallaxerga Angliya Premer-ligasining o‘zidan bir necha takliflar bor. Xususan, “Tottenxem” bu futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilyapti.
Konorning “Chelsi” bilan hamkorligi 2025 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Biroq uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgani yo‘q.
Gallaxerning o‘zi faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishni isttayapti. Lekin rahbariyatning rejasi boshqa.
Fikrlar