"Chelsi" "Arsenal"ning sobiq futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi Italiyaning "Latsio" jamoasi himoyachisi Nunu Tavaresh bilan qiziqmoqda.
Yozda rimliklar portugaliyalik futbolchini 50 million evroga sotishdan bosh tortgan bo‘lsa-da, yanvar oyida 25 yoshli himoyachi arzonroq narxda sotuvga chiqishi kutilyapti.
"Il Messaggero" nashrining yozishicha, "aristokratlar" Tavareshni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Nunu Tavaresh avval "Arsenal"ga tegishli edi. “Latsio” uni 2024 yil iyul oyida 5 million evroga sotib olgan.
Futbolchining shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning hozirgi bahosi 20 million evroni tashkil etadi.



Fikrlar