
«Charm to‘p-2019»: Final bosqichining 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi
Mazkur musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yurtimiz aholisi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtirish, ularga o‘z iqtidorini namoyon etishlari uchun katta maydon yaratib berishdan iborat.
Futbol dunyoda eng sevimli va ommalashgan sport turi, bejizga uni «sport turlari qiroli», deyishmaydi. Yurtimizda ham charm to‘p ixlosmandlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shu bois bo‘lsa kerak, mahalla yoshlari o‘rtasida «Charm to‘p» an’anaviy futbol musobaqasini o‘tkazish g‘oyasini yurtdoshlarimiz juda yaxshi kutib olishdi. Bu jarayon bugun boshlangan Respublika bosqichida ham o‘z ifodasini topmoqda.
Mazkur o‘yinlarga barcha jamoalar ko‘tarinki kayfiyatda va yuqori tayyorgarlik bilan etib keldi. Uchrashuvlar ham yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Bahslarni mamlakatimizda ko‘zga ko‘ringan hakamlar, qaysiki Superliga va Pro-liga o‘yinlarida toblangan o‘z ishining ustalari boshqarib borishmoqda.
Bugun ertalabdan «Bunyodkor» futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda «Charm to‘p-2019» an’anaviy futbol musobaqasining yakuniy bosqichiga start berildi. O‘tkazilgan 6 ta uchrashuvdan faqat bittasida yirik hisob qayd etilgani, yana ikkita o‘yinda kuchlar teng kelganini hisobga olsak, jamoalar saviyasi deyarli teng ekani oydinlashadi.
1-tur o‘yinlarida qayd etilgan natijalar:
«A» guruhi:
«Muxoman» (Xorazm) – «Sherobod» (Surxondaryo) – 1:4
«G‘allaorol» (Jizzax) – «Chelachi» (Navoiy) – 0:2
«V» guruhi:
«Iqbol» (Toshkent sh.) – «O‘rikzor» (Samarqand) – 1:0
«Bahrin» (Farg‘ona) – «Ettiguzar» (Sirdaryo) – 2:2
«S» guruhi:
«Oqqamish» (Qashqadaryo) – «Shodlik» (Toshkent vil.) – 2:2
«D» guruhi:
«Do‘stlik» (Qoraqalpog‘iston) – «Yakkatut» (Andijon) – 1:3
«Charm to‘p-2019» an’anaviy futbol musobaqasining 2-tur o‘yinlariga bugun soat 17:00da start beriladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Fikrlar