
Charlz Oliveyra: "Islom Maxachevdan qasos olishim kerak"
UFC ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Charlz Oliveyra amaldagi chempion Islom Maxachevga qarshi yana bir marotaba jang qilmoqchiligini aytdi.
"Maxachevdan qasos olishim kerak. O‘tmishda meni mag‘lub etgan jangchilardan revansh olganman. Meni bir marotaba yutgan yigitni mag‘lub etib chempion bo‘lish yoqimli. Bo‘lajak chempioning ismi bu - Charlz Oliveyra" - dedi braziliyalik aralash yakkurashlar ustasi.
Ma’lumot uchun, Maxachev "UFC 311" turnirida Roneto Moykanoni birinchi raundda sabmishn orqali mag‘lubiyatga uchratgan holda kamarni o‘zida saqlab qoldi.
Fikrlar