
Chalxanoglu qarorini o‘zgartirdi
Bir necha kun oldin Xakan Chalxanoglu "Bavariya"ga ko‘chib o‘tmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi, lekin bu transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, futbolchi Milanda qolishga qaror qilgan.
"Men "Iter"da baxtliman. Muxlislarimiz va rahbariyatning munosabati menga juda yoqadi. Kelajakda jamoam bilan ko‘proq sovrinlar yutishni intizorlik bilan kutaman", - dedi turkiyalik yarim himoyachi.
Myunxen klubi Joau Palinya transferi o‘xshamasa, Chalxanoglu uchun harakatni boshlamoqchi edi. Ammo "Bavariya" endi boshqa alternati variant izlashi kerak bo‘ladi.
Fikrlar