
Cedana Ser: Valverde "Barselona"ni tark etadi
Cedana Ser nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng o‘z postini tark etadi.
Manbaga ko‘ra, ushbu qaror ikkala tomonning o‘zaro roziliga asosida qabul qilinadi. Klub rahbariyati jamoadagi vaziyat yaxshi emasligini inobatga olgan holda murabbiy o‘z ihtiyoriga ko‘ra "Barselona"ni tark etishiga umid qilishmoqda.
Bundan tashqari, agar "ko‘k-anor rangliklar" o‘zlari ishtirok etayotgan turnirlarda yana muammoga duch kelishadigan bo‘lsa, unda mutahassis vaqtliroq ishdan olinishi ham mumkin.
Shuningdek, klub ho‘jayinlari bosh murabbiylik kursisiga yangi nomzodni tanlab bo‘lishgan. Manbaga ko‘ra, Ronald Kuman keyingi mavsumdan "Barselona" bosh murabbiyligini qabul qilib oladi.
Fikrlar