"CAFA Nation's Cup" finali. O‘zbekiston - Eron: Serdar Azmun hisobni ochdi (Matnli translyatsiya)

  • 20 iyun, 2023, 20:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni vaqtda "CAFA Nation's Cup" turniri final uchrashuvi doirasida O‘zbekiston - Eron bahsi start oldi. Mazkur bellashuvdan matnli translyatsiyani saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Tecno

O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi: 1. O‘tkir Yusupov; 2. Xojiakbar Alijonov, 4. Farrux Sayfiev, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov, 11. Oston O‘runov, 13. Sherzod Nasrullaev, 14. Eldor Shomurodov, 15. Umar Eshmurodov, 18. Abdulla Abdullaev.

Eronning asosiy tarkibi: 1. Alirizo Beyranvand; 3. Ehson Xojsafi, 6. Said Izzatullohi, 8. Murtaza Puralaganji, 9. Mehdi Taremi, 13. Muhammadhasan Kanani, 15. Ro‘zbeh Cheshmi, 17. Mehdi G‘ayedi, 18. Muhammad Mohebbi, 20. Serdar Azmun, 23. Ramin Rezayansameskandi.

Uchrashuv yakunlandi. Keskin va shiddatli o‘tgan bellashuvda Eron O‘zbekistonni minimal hisobda mag‘lub etib, turnirning oltin medallariga ega chiqdi.

91.. Hojimat Erkinov o‘rniga Jasurbek Yaxshiboev o‘yinga tushdi.

90. Uchrashuvda "sola-sol" boshlandi

81. Eldor Shomurodovning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasini darvozabon osonlik bilan bartaraf etdi.

78. O‘zbekiston terma jamoasi safida o‘zgarish: Sherzod Nasrullaev o‘rniga Hojimat Erkinov o‘yinni davom ettiradigan bo‘ldi.

77. Eronning "kasali" tutdi, futbolchilar ketma-ket maydonda yotib olmoqda

75. Eronda ham o‘zgarish. Serdar Azmun o‘riga Saydmuxammadkarimi o‘yinni davom ettiradi.

69. O‘zbekiston terma jamoasi safida o‘zgarish: Abbos Fazzullaev o‘yinga qo‘shildi, Jaloliddin Masharipov maydonni tark etdi.

65. VUUXXX!!! O‘tkir Yusupovdan yana seyvvvvvvvvvv.

62. Eron futbolchisi maydonda yotibdi. Stadionga yig‘ilgan muxlislar bunga ham o‘zgacha MEHR  kursatmoqda.

60. Uchrashuv qizigandan qizimoqda. Eron to‘pga tegishi bilan stadion "Uvillamoqda"

55. Masharipov yana bir marta burchakdan to‘pni o‘yinga kiritadi.

47. O‘yinda hisob ochildi. Serdar Azmunning zarbasi darvoza to‘ridan joy oldi.

46. Uchrashuvning ikkinchi taymi O‘tkir Yusupovning seyvi bilan boshlandi.

45. Eron terma jamoasi ikkinchi bo‘limni boshlab berdi.

45+8. Birinchi bo‘lim o‘z nihoyasiga etdi. Hozircha hisob 0:0.

45+2. Birinchi taymning so‘nggi daqiqalari yonmoqda!!!!

45. Birinchi bo‘limga naqd 8 daqiqa qo‘shib berildi

45. UXXXXXXXXXXX. Eldor Shomurov yaqqol vaziyatdan foydalana olmadi. 

43. Uchrashuvda dastlabki sariq kartochka Eron terma jamoasi hujumchisi Taremiga ko‘rsatildi.

40. Ramin Rezayansameskandining zarbasi darvoza to‘sini yonidan o‘tib ketdi.

39. Vakillarimiz jarima maydoni yonginasida raqiblar jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

35. Eron termasi futbolchisiga maydonda tibbiy yordma ko‘rsatilmoqda.

28. Hakam jamoalarga "Water break" uchun imkon berdi. 

25. Maydonda jang ketmoqda, jamoalar har qarich uchun kurashmoqda. 

19.  Farrux Sayfievning jarima maydoni ichiga uzatgan to‘pini Urunov darvozaga yo‘lladi, Niyazmanqodirdan super seyv

18. Otabek Shukurovning pasidan so‘ng Eldor Shomurodovda ajoyib imkoniyat bo‘ldi, raqib posboni so‘ngggi himoyachi rolida.

14. Masharipov dastlabki burchak zarbasini amalga oshirdi, raqib himoyachilari o‘z o‘rnida

11. UXXXXX. Azmun gol urdi, biroq u o‘yindan tashqari holatda edi.

10. Eron terma jamoasida o‘zgarish: 1-raqamda harakat qilgan posbon Alirizo Beyranvand o‘rniga 12-raqamda Niyazmanqodir o‘yinni davom ettiradi.

8. Said Izzatullohiga esa maydon tashqarisida yordam ko‘rsatildi. 

6. Alirizo Beyranvand uchun o‘yin tugadi. U maydonni zambilda tark etmoqda. 

5. Eron termasi posboni va himoyachisi to‘qnashib ketdi. Ularga maydonda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

4. Maydon markaziga yaqin joyda Oston Urunov yiqitildi.

2. Masharipovning zarbasi raqib futbolchisiga tegib maydonni tark etdi.

1. Uchrashuvga start berildi. O‘yin boshlanishidan vakillarimiz jarima zarbasiga ega bo‘lishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi oq libosda, Eron esa qizil rangli formada harakat qiladi.

Jamoalar stadionga chiqib keldi. Ikki mamlakat madhiyasi yangradi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!