
"Buxoro"ga yangi darvozabon qo‘shildi
“Buxoro” klubi bugun “Hokim Kubogi” musobaqasida ishtirok etish uchun Farg‘onaga etib keldi. Jamoa a’zolari mehmonxonaga joylashgach, ertaga bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan mashg‘ulotlar olib bordilar.
Yaqinda saytimiz orqali xabar berib o‘tganimizdek, “Buxoro” bir qator legioner futbolchilar bilan muzokara o‘tkazayotgandi va ularning orasida darvozabon Roxat Japarov ham bor edi. Ma’lum bo‘lishicha, u jamoa safiga qo‘shilgan, bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Japarov 1996 yil 22 yanvar kuni Turkmanistonning Marv shahrida tavallud topgan bo‘lib, 2019 yildan beri Turkmaniston terma jamoasi darvozaboni hisoblanadi. O‘tgan mavsumni Qirg‘izistonning “Abdish-Ota” jamoasida o‘tkazgan. U ham “Buxoro” bilan ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Davron Fayziev boshqaruvidagi “Buxoro” ertaga dastlabki turda “G‘ijduvon” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar