
"Buxoro"ga qarshi o‘yinda "Paxtakor"ning 4 futbolchisi jamoaga yordam bera olmaydi
"Paxtakor" shanba kuni ertalab Buxoro shahriga etib keldi va o‘yindan oldin "Buxoro" stadionida shug‘ullandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O‘yinga tayyor holatda bo‘lgan asosiy tarkib vakillari mashg‘ulotda ishtirok etishdi. Bir soatcha davom etgan jarayonda uchrashuvdan oldingi so‘nggi hozirlik olib borildi.
Marko Simich diskvalifikatsiya, Sadriddin Abdullaev, Dostonbek Hamdamov va Javohir Sidiqov jarohat sababli o‘yinda ishtirok eta olishmaydi.
Fikrlar