
"Buxoro"ga legionerlar qo‘shilishi kutilmoqda, ularning orasida siz taniydiganlari ham bor
O‘z qarorgohida mavsumga tayyorgarlikni astoydil davom ettirayotgan “Buxoro” klubida tarkibni kuchaytirish ishlari olib borilyapti. Bosh murabbiy Davron Fayzievning oldiga jamoani Superligaga qaytarish vazifasi qo‘yilgani bois selektsiya ishlari faol tarzda davom etyapti.
Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, “Buxoro” safiga legionerlar qo‘shilishi kutilmoqda. Ularning orasida siz taniydiganlari ham bor. Jumladan, ilgari “Nasaf” hamda “Navbahor”dagi o‘yinlari orqali o‘zidan yaxshi taassurot qoldirgan serbiyalik himoyachi Slavko Lukich bilan muzokaralar olib borilyapti.
Shuningdek, o‘tgan mavsumda “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan tojikistonlik Davron Ergashev ham yangi mavsumni “Buxoro”da boshlashi mumkin. U Tojikiston milliy terma jamoasi a’zosi ham hisoblanadi.
Bulardan tashqari, Turkmaniston terma jamoasi posboni Roxat Japparovga ham taklif bilan chiqilgan. Agar barchasi ijobiy yakun topsa, ushbu legionerlar “Buxoro” safiga qo‘shilishadi va bu orqali tarkib yanada kuchayishi turgan gap.
Fikrlar