
"Buxoro" yana bir xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi
“Buxoro” klubi tarkibini kuchaytirishda davom etyapti. Jamoaning tojikistondagi yig‘iniga xorvatiyalik futbolchi Iosip Tomashevich qo‘shildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli yarim himoyachi “Buxoro” bilan shartnoma imzoladi.
Uning oxirgi klubi Ruminiyaning “Otelul Galati” jamoasi hisoblanadi. U erda 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta golli pas uzatdi.
Futbolchi faoliyati davomida “Split” (Xorvatiya), “Sibaliya” (Xorvatiya), “Lokomotiv Plovdiv” (Bolgariya), “Atromitos” (Kipr), “Xapoel Xadera” (Iordaniya), “Otelul Galati” (Ruminiya) kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Buxoro" bundan avval xorvatiyalik yana bir futbolchi Frane Chiryakning transferini e’lon qilgan.
Fikrlar