
"Buxoro" Tojikistonda yig‘in o‘tkazadi
"Buxoro" jamoasi Tojikistonda yig‘in o‘tkazadi.
Coca-Cola Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan holda "Buxoro" Tojikiston davlatining Xo‘jand shahrida 5-17 sentyabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib boradi. Bu haqda buxoroliklar klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘in doirasida bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Qaysi jamoalar bilan o‘ynash hali aniq emas.
Fikrlar