
Buxoro shahrida "Amir Temur" klubining 4-zali ochildi!
Xabaringiz bor, Buxoroda yakkakurash turlarining rivojida O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi hamda kikboksing federatsiyasining vitse-prezidenti, Buxoro qo‘l jangi va MMA federatsiyasi rahbari, WTKF bo‘yicha jaxon chempioni, ATF Championship promousheni asoschisi Muzaffar Radjabovning o‘z o‘rni bor. Ushbu sportchimiz tarixiy shaharda "Amir Temur" klubini tashkil qilib, ko‘plab chempionlarni tarbiyalamoqda.
Hozirga kelib, Buxoroda uchta zal faoliyat yuritmoqda.Kuni kecha ushbu shaharning 5 - dahasida "Amir Temur" klubining 4-zalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Umumiy olib hisoblaganda ushbu zallarda jami 2000 ga yaqin yoshlar bepul mashg‘ulot olib borishmoqda.
Muzaffar Radjabovning saytimizga ma’lum qilishicha, mazkur zalda 6 ta sport turidan yoshlar bepul tarzda mashg‘ulotlar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Albatta, shunday sayi-xarakatlar Buxoro shahrida yanada ko‘proq yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qiladigan sportchilarni kamol topishida xizmat qiladi.
"Albatta, shahrimizda bunday sport majmualarini barpo qilishdan asosiy maqsad, etuk sportchilarni tarbiyalashdan iboratdir. Bu borada bizni qo‘llab- quvvatlayotgan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz", - dedi Muzaffar Radjabov.
Fikrlar