"Buxoro" o‘z safiga gruziyalik hujumchini qo‘shib oldi

  • 20 iyul, 21:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha daqiqa oldin Superliganing "Buxoro" klubi mavsumning birinchi qismini "Neftchi" klubida o‘tkazgan Toma Tabatadzeni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. 
 
"Jamoamiz murabbiylari yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish maqsadida mahoratli hujumchi Toma Tabadatze bilan shartnoma imzoladi. Ma’lumot uchun Toma Tabadatze mavsumning birinchi qismini Neftchi jamoasida o‘tkazdi. 33 yoshli gruziyalik hujumchi bugun jamoamiz bilan shartnomaga imzo chekdi. Umid qilamizki gruziyalik futbolchi jamoamizga sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishda yordam beradi. "Buxoro" oilasiga xush kelibsan, Toma!" - deya e’lon qildi klub matbuot xizmati. 
 
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli forvard farg‘onaliklar safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!