
"Buxoro" etakchilaridan biri jamoadan ketdi
Ikkinchi davraga tayyorlanayotgan "Buxoro" o‘z safiga yangi o‘yinchilarni qo‘shib olayotgani to‘g‘risida xabarlar berib boryapmiz. Shu o‘rinda jamoani tark etayotgan futbolchilar ham bor.
Jumladan, ikkinchi davra oldidan "Buxoro" jamoasining o‘ng qanot himoyachisi Davron Hoshimov bilan o‘rtadagi shartnoma o‘zaro kelishgan holda bekor qilindi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Hoshimov ikkinchi davrani "Metallurg" jamoasida boshlashi kutilmoqda.
Undan oldin Fozil Musaev va Shoxmalik Komilov "Buxoro" bilan xayrlashishgandi.
Fikrlar