
"Buxoro" Bolgariya klubini mardonavor tarzda mag‘lub etdi
Turkiyaning Antaliya shahrida shug‘ullanayotgan “Buxoro” klubi bugun Bolgariya yuqori divizioni vakili “Montana”ga qarshi maydonga tushdi. Unda hamyurtlarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Avvaliga Ro‘zim Ahmedov 19-daqiqada hisobni ochdi. Ammo 55 va 59-daqiqalarda “Montana” futbolchilari gol urib, hisobda oldinga o‘tib oldi. Biroq buxoroliklar so‘nggi daqiqalarda iroda namoyish etdi. 84-daqiqada Dilshod Jo‘raev, 89-daqiqada esa Asiljon Begimqulov raqib darvozasini ishg‘ol qildi va klubiga g‘alabani taqdim etdi.
Bundan oldingi o‘yinda "Buxoro" Ukrainaning "Minaj" jamoasiga 1:2 hisobida engilgandi.
Fikrlar