
"Buxoro" - "Mash’al" uchrashuvi "Jar"da o‘tkaziladi
Superliga 8-turidan o‘rin olgan "Buxoro" — "Mash’al" o‘yini 3 may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu xabarni O‘zPFL tasdiqladi.
"Buxoro" klubining uy stadioni mavsumga tayyor bo‘lmaganligidan kelib chiqib, u raqibini "Jar" stadionida qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Klublarning U21 jamoalari ishtirokidagi bellashuv esa Buxoroda o‘tkaziladi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, "Buxoro" — "Mash’al" uchrashuvi 18:00da start oladi.
Fikrlar