Butunjahon Universiadasi. Taekvondochilarimiz Xitoyda tarix yozishdi

  • 5 avgust, 2023, 15:56
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Kecha Chendu-2021 XXXI Butunjahon yozgi Universiadasida taekvondo WT bahslari yakunlandi.

Xabaringiz bor, mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston taekvondo WT terma jamoasi ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari tariximizdagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Bungacha o‘tkazilgan Universiada musobaqalarida hamyurtlarimiz jami 2 ta medalga ega chiqishgan edi.

Bu yilgi musobaqaning o‘zida esa vakillarimiz 5 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, tariximizdagi eng yaxshi natijani qayd etishdi.

Shuningdek, terma jamoamiz Chendu Universiadasida O‘zbekiston delegastiyasi hisobiga eng ko‘p medallarni taqdim etganini ham ta’kidlash lozim.

Sovrindorlarimiz:

Kumush:

Amirbek To‘raev
Omonjon Otajonov
Shuhrat Salaev
Feruza Sodiqova
Ayollar terma jamoamiz (Mannopova, Mirabzalova, Sodiqova, Sobirjonova)

Bronza:

Najmiddin Qosimhojiev
Svetlana Osipova.

O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!