Butunjahon shaxmat olimpiadasida qatnashadigan tarkibimiz aniq bo‘ldi

  • 20 iyul, 2022, 18:00
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida qatnashuvchi terma jamoamiz tarkibi ancha oldin e’lon qilingan edi. Biroq, keyinchalik ayollar terma jamoamiz tarkibida kichik o‘zgarish yuz berdi, Sarvinoz Qurbonboevaning o‘rnini Afro‘za Hamdamova egalladi.

Butunjahon shaxmat olimpiadasi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, musobaqa 1924 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Rasmiy maqomga ega birinchi musobaqa 1927 yil Londonda bo‘lib o‘tgan. Musobaqa har xil ziddiyatli vaziyatlar sababli asosan tinch vaqtlarda tashkil etilgan bo‘lsa, 1950 yildan boshlab muntazam tarzda har 2 yilda bir marotaba o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar ilk bora 1992 yil Filippinning Manila shahrida tashkil etilgan 30-Butunjahon shaxmat olimpiadasida mustaqil jamoa sifatida ishtirok etib, yakunda faxrli 2-o‘rinni egallashgan.

Ma’lumot uchun, 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 2024 yil Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkaziladi. 2026 yil o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun O‘zbekiston ham da’vogarlik qilmoqda.

44-Butunjahon olimpiadasida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar

GM Nodirbek Abdusattorov (2004 yili tug‘ilgan),

GM Nodirbek Yoqubboev (2002),

GM Javohir Sindorov (2005),

GM Jahongir Vohidov (1995),

GM Shamsiddin Vohidov (2002),

Ayollar

WGM Nilufar Yoqubboeva (2000),

WFM Umida Omonova (2006),

WCM Afro‘za Hamdamova (2009),

WFM Maftuna Bobomurodova (2006),

Marjona Malikova (2002).

Terma jamoamiz a’zolari 27 iyul kuni 44-Butunjahon olimpiadasida ishtirok etish uchun Hindistonga jo‘nab ketishadi.

Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!