Busketsning "Barselona"dan ketishi Messining qaytishi uchun birinchi qadamdir!

  • 11 may, 2023, 23:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga rahbari Xaver Tebas yana bir bor Lionel Messining "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

Serxio Buskets joriy mavsum yakunida kataloniyaliklar safini tark etadi. Tebasning fikricha, bu Messini qo‘lga kiritishni ancha osonlashtiradi, biroq hali hech qanday kafolat yo‘q:

"Busketsning "Barselona"dan ketishi Messining qaytishi yo‘lidagi birinchi qadamdir. Klub buni amalga oshirish uchun hali biror qadam tashlamagan. Men hamma narsa qaroriga bog‘liq bo‘lgan odam emasman ", - deyya La Liga prezidentining so‘zlaridan iqtibos keltirdi insayder Fabritsio Romano.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messining PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!