
Buskets MLSda o‘ynashi haqida gapirdi
“Barselona” futbolchisi Serxio Busketsning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Katta ehtimol bilan u Ispaniyadagi so‘ngi mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin. Yarim himoyachining o‘zi MLS da o‘ynashni istayotganini aytdi.
“Barselona” bilan shartnomamning so‘ngi yili ekanini bilaman. Lekin hali qaror qabul qilganim yo‘q.
Men MLSda, birinchi navbatda, Mayamida faoliyatimni davom ettirishni istayman. Ammo hech qaysi klub bilan kelishuvga erishganim yo‘q. Qachondir qaror qabul qilsam, birinchi navbatda bundan klubim xabar topadi”, - dedi 34 yoshli futbolchi.
Buskets 2008 yildan beri “Barselona”ning asosiy jamoasida to‘p tepib kelmoqda.
Fikrlar