"Burgutlar" safarda qachon g‘alaba qozongan yoxud "Qizilqum" - "Andijon" to‘qnashuvi oldidan

  • 1 noyabr, 2023, 08:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2 noyabr kuni “Andijon” Navoyida “Qizilqum”ga qarshi maydonga tushadi. Buning uchun kecha mehmon jamoa a’zolari ushbu shaharga etib keldilar.

Tecno

Bo‘lajak bahs oldidan mazkur klublarning o‘zaro o‘yinlar tarixiga to‘xtalmoqchimiz. “Qizilqum” va “Andijon” jamoalarining ilk to‘qnashuvi 2000 2 may sanasiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda “Qizilqum” o‘z uyida 2:0 hisobida zafar quchgan. Bu jamoalarning oxirgi bellashuvida ham aynan 2:0 hisobi qayd etildi. Joriy mavsumning birinchi davrasida Farg‘onada bo‘lib o‘tgan bellashuvda “Andijon” ana shunday natija bilan raqibini mag‘lubiyatga uchratgan. Ilhom Alijonov va Rubin Xebayning gollari "Burgutlar"ga g‘alaba keltirgan.

Umumiy hisobda klublar 37 marotaba chempionat doirasida kuch sinashishgan. “Qizilqum”da 17, “Andijon”da 14 ta g‘alaba bor. 6 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 56\49 navoiyliklar foydasiga.

“Andijon” shu kungacha “Qizilqum” maydonida 1 g‘alaba va 3 durang o‘ynagan. Yagona g‘alabasi 2012 yilning 15 iyunida sodir bo‘lgan. Zarafshon shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Andijon” safarda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Oxirgi duranggi esa 2020 yilga to‘g‘ri keladi, o‘shanda 1:1 natijasi kuzatilgan.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!