
"Bunyodkor"ning Turkiyadagi yig‘ini yakunlanmoqda. Ertaga oxirgi o‘yin
“Bunyodkor”ning Antaliyada ikki hafta davom etgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari yakuniga etib bormoqda.
Bugun tushdan keyin jamoa a’zolari yig‘indagi so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazishdi. Aytish kerak, oxirgi tayyorgarlik jarayoni xushkayfiyatda yakunlandi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, ertaga “Bunyodkor” yig‘in doirasidagi so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazadi. Raqib Ukrainaning “Rux” jamoasi bo‘ladi.
Fikrlar