
"Bunyodkor"ning Turkiyadagi oxirgi nazorat uchrashuvida raqibiga kuchi etmadi
Oldin xabar berganimizdek, “Bunyodkor” klubi bugun Turkiyadagi yig‘inining yakuniy qismida Ukrainaning “Rux” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Klimchuk (8) va Solomon (62) tomonidan kiritilgan gollar evaziga “Bunyodkor” 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa, “Qaldirg‘ochlar”ning u erdagi tayyorgarlik bosqichi yakuniga etdi.
"Bunyodkor": Suhrob Sultonov, Mahmud Mahamadjonov, Jahongir O‘rozov, Avaz O‘lmasaliev, Davron Ergashev, Dilshod Jo‘raev, Odil Abdurahmonov, Rasul Yo‘ldoshev, Husayn Ergashboev, Suhrob Izzatov, Usmonali Ismonaliev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Muhammadodil Qahramonov, Sarvar Karimov, Umid Sultonov, Muzaffar Olimjonov, Umarali Rahmonaliev, Sardor Xursandov, G‘ayrat Azizxo‘jaev, Farhod Mirahmatov, Xurshid Ubaydullaev, Sirojiddin Bashriddinov.
Fikrlar