"Bunyodkor"ning sobiq futbolchisi "Barselona"ning "kelajagi" haqida gapirdi

  • 20 oktabr, 2024, 20:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik futbol yulduzi Rivaldo "Barselona" vingeri Lamin Yamalning kelajagiga baho berdi.

Tecno

"Yamal 17 yoshda, lekin huddi 26 yoki 27 yoshdagidek o‘ynamoqda. U allaqachon Evropa chempioni bo‘ldi va "Barselona"da yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. U albatta buyuk futbolchi bo‘ladi. Bir kun kelib Yamal dunyodagi eng zo‘rga aylanadi. Yamal "Oltin to‘p"ni yutadimi? Albatta. U ishlashda davom etishi kerak, lekin agar u shu ruhda davom etsa, bu sovrinni albatta qo‘lga kiritadi", - dedi Rivaldo Spanish Sport nashriga bergan intervyusida.

Yamal joriy mavsum "Barselona" safida La Ligada 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!