
"Bunyodkor"ning rejalari qanday yoxud tarkibda qanday o‘zgarishlar bor?
«Bunyodkor»ning yangi mavsumga tayyorgarligi davom etadi.
21 yanvar kuni Osiyo Chempionlar ligasi saralash o‘yini doirasida Iroqning «Al Zavra» klubiga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Bunyodkor» kecha mashg‘ulotlarni boshladi.
O‘z qarorgohida mashg‘ulot o‘tkazayotgan «qaldirg‘ochlar» kuniga ikki mahaldan shug‘ullanmoqda. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jamoa 6 yanvar kuni BAAga uchib ketishi va 11 kun davomida amirliklarda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazib, bir nechta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirilgan. Tarkibda jiddiy o‘zgarishlar yo‘q. O‘tgan mavsumning o‘zagi deyarli saqlab qolindi. Shuningdek, tarkibga o‘rinbosarlar safidan ham futbolchilar jalb qilingan.
Fikrlar