
"Bunyodkor"ning BAA yig‘inidagi raqibi o‘zgardi
Tayyorgarlikni BAAda davom ettirayotgan "Bunyodkor" jamoasi bugun mahalliy "Shabab Al Ahli" klubiga qarshi bahs olib borishi rejalashtirilgan edi.
Biroq, ayrim sabablarga ko‘ra mazkur bellashuv o‘tkazilmaydigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Ertaga "qaldirg‘ochlar" Toshkent vaqti bilan 17:45 da boshlanadigan o‘rtoqlik uchrashuvida BAAning boshqa bir klubi "Ittihod Kalba"ga qarshi maydonga chiqadi. 16 yanvar kuni esa, rejadagidek Janubiy Koreyaning "Suvon" jamoasi raqiblik bo‘ladi.
Fikrlar