
«Bunyodkor» murabbiylarni bir joyga yig‘di va rejaralar muhokama qilindi
Bugun «Bunyodkor» majlislar zalida klub direktori Ulug‘bek Mirzaev va musobaqalarda ishtirok etadigan jamoalarning murabbiylari ishtirokida mavsum oldidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Ta’kidlaganimizdek, yig‘ilishda «Bunyodkor»ning PFL va TFA birinchiliklarida ishtirok etadigan jamoalarining murabbiylari qatnashdi. Xususan, Murod Otajonov, Temur Boboxonov, Rustam Zabirov, Rinat Miftaxuddinov, Mirkamol Qosimov va Abduhamid Qodirov. Yig‘ilishda bir qator masalalar - xususan, eng asosiy masala, iqtidorli o‘yinchilarni zanjir uslubida eng pastdan bosh jamoaga etkazib berish tizimi ko‘rib chiqildi. Jumladan, barcha murabbiylar o‘zaro hamjihatlikda, bir tizim asosida ish olib borishi, iqtidorli futbolchilarni o‘zidan yuqori turuvchi jamoaga taklif qilishi, murabbiylar tanlangan o‘yinchini kuzatishi, ko‘rikdan o‘tkazishi va bu orqali bosqichma-bosqich asosiy tarkibning nozik chiziqlari akademiya tarbiyalanuvchilari bilan to‘ldirilishi bo‘yicha mavzu ochiq hamda samimiy kayfiyatdagi muhokama qilindi. Yakunda bu kabi yig‘ilish oyda bir marta o‘tkazilib, olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqilishi, murabbiylarning hisoboti tinglanishi kelishib olindi.
Fikrlar