“Bunyodkor” klubi prezidenti jamoaga yangi bosh murabbiyni tanishtirdi. "Qaldirg‘ochlar" oldiga chempionlik vazifasi qo‘yildi!

  • 3 mart, 2021, 21:43
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullaev klubda bo‘lib, u erda murabbiylar, futbolchilar va klubda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar bilan uchrashdi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Uchrashuv avvalida klub bosh direktori Ulug‘bek Mirzaev barchaga “Bunyodkor” klubida yangi ish boshlagan klub prezidentini tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng, klub faoliyati va qilinayotgan ishlar, rejalashtirilgan vazifalar borasida hisobot berdi.

8d4924c5-6a35-4cb1-bad2-c54a12ccc3ea

Klub prezidenti murabbiy va futbolchilar bilan shaxsan uchrashishdan asosiy maqsadi, so‘nggi to‘rt yilda jamoaning yutuqlarga erisha olmayotgani va moliyaviy qiyinchiliklar borasida muhokama qilish kerakligini ta’kidladi.

Albatta, bu yil barchasi boshqacha bo‘lishi, ushbu futbol klubi nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro maydonda ham g‘alabalarga erishishi uchun harakat qilishi kerakligini bildirdi.

Klubda faoliyat olib borayotgan maslahatchi murabbiy Yuriy Sarkisyan, murabbiylar – Marat Miftaxutdinov, Viktor Karpenko o‘z fikrlarini bildirib, avvalo, klub prezidentining tashrif buyurib, yuzma-yuz uchrashgani, muammoli masalalarni muhokama qilganidan xursand ekanliklarini bildirib o‘tishdi.

Klub prezidenti jamoada nafaqat muammoli masalalar bartaraf etilishi, balki komplaens nazorat tizimi o‘rnatilishi hamda klub uchun ajratilgan mablag‘ nazorat qilinishi, futbolchilar rag‘batlantirilishi, korruptsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida ham qator ishlar qilinishini ma’lum qildi.

Jamoa sardori Lutfullo To‘raev ham so‘z olib, aynan klub prezidentiga, sportchilar bilan uchrashgani va ularning fikri bilan qiziqayotgani, ularni tinglayotgani uchun jamoa a’zolari nomidan minnatdorchilik bildirdi.

94876f5e-0d23-44b2-a54e-ee0e3d56b199

Futbolchilar, albatta, bildirilgan ishonchni oqlashlari va faqat g‘alaba uchun maydonga tushishlarini ta’kidlab o‘tdi.

Eng avvalo, murabbiylar ishiga aralashishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligini, murabbiy har bir futbolchini o‘zi tanlashi va natijaga erishish shart ekanligi bildirildi.

Bundan tashqari, sport liboslari, yotoqxona va ovqatlanish, sportchilarni vitaminlar bilan ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratildi.

Klub prezidenti qatnashgan yig‘ilishda yangi bosh murabbiy saylash masalasi ham ko‘tarildi. Kuzatuv kengashi a’zolari, futbolchilar va murabbiylarning bir ovozi bilan uzoq yillardan buyon jamoada faoliyat yuritgan Shuhrat Maqsudov bosh murabbiy etib saylandi.

94b57c28-3a8d-492c-a959-0159e7df97b8

Aynan bugundan boshlab Shuhrat Maqsudov “Bunyodkor” klubining bosh murabbiyi sifatida futbolchilarni yangi mavsumda maydonga olib tushadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” klubi prezidenti yangi bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov o‘zbek futbolining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi, ajoyib futbolchi bo‘lgani hamda murabbiylikda ham o‘ziga xos o‘rnak bo‘lib ulgurganini ta’kidlab, unga ishonch bildirdi va oldinda turgan yangi mavsumda omad tiladi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, jamoa oldiga bu yilgi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi.

79bc6b1b-9980-4f58-898b-ac6c051a4a9e

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!