"Bunyodkor" Ismonaliev borasida yakuniy qarorga keldi

  • 8 yanvar, 2024, 18:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor” klubi selektsiya ishlarini davom ettirmoqda. Yangi o‘yinchilar taklif etilishidan tashqari o‘tgan yilgi tarkibdan kerakli bo‘lgan futbolchilarni ham saqlab qolish ishlarini olib bormoqdalar.

Tecno

Jumladan, O‘zPFL matbuot xizmatining xabar berishicha, “Bunyodkor” hujumchi Usmonali Ismonaliev bilan kelishuvni uzaytirdi. 25 yoshli futbolchi 2025 yil so‘nggiga qadar qaldirg‘ochlar sharafini himoya qiladi.

ismonaliev1

Aytish joizki, futbolchi oxirgi ikki mavsumni “Buyondkor” safida o‘tkazib kelmoqda va kelishuvga ko‘ra yana ikki yil davomida “Qaldirg‘ochlar” sharafini himoya qiladi.

O‘tgan yili O‘zbekiston Superligasi va Kubogi bahslarida Ismonaliev 26 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 3 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!