
"Bunyodkor" ikki futbolchisi bilan xayrlashdi
Birinchi davrani omadsiz o‘tkazgan va ko‘plab ochkolarni boy bergan “Bunyodkor” ikkinchi davrada albatta tarkibini kuchaytirishi lozim. Hozirda selektsiya ishlari davom etmoqda.
Klubni hozircha ikki nafar o‘yinchi tark etdi. Bular – xorvatiyalik hujumchi Toni Yovich va iqtidorli futbolchi Amir Saidov.
Saidov Serbiyaning “Edinstvo” klubiga ko‘chib o‘tdi. 2006 yilda tug‘ilgan hujumchi birinchi davrada “Bunyodkor” safida chempionatda 6 ta bahsda maydonga tushdi. O‘zbekiston Kubogida esa 2 ta o‘yinda 1 ta gol urdi.
Toni Yovich birinchi davrada 13 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Kubok doirasida esa legioner hujumchi 3 ta bellashuvda qatnashib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar