"Bunyodkor" durang uchun o‘ynadimi? Shuhrat Maqsudov nima deydi?

  • 2 aprel, 2021, 19:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliga 4-tur doirasidagi "Qo‘qon-1912" – "Bunyodkor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida "Bunyodkor" ustozi Shuhrat Maqsudov ishtirok etdi.

Tecno

- O‘yin haqida gapirishdan oldin, bilishimcha, Oybek Rustamovni bugun tavallud ayyomi ekan. Oybekni tug‘ilgan kuni bilan jamoamiz nomidan tabriklaymiz. Bugungi uchrashuv biz uchun oson bo‘lmasligini bilardik. "Qo‘qon-1912" jamoasi o‘z maydonida qanday o‘ynashini hamma biladi. Bu jamoa hurmatga loyiq. O‘zim ham Baxtiyor Ashurmatovni yaxshi bilaman, Zohid Nurmatov ikkalasi jamoasini qanday ruhlantirishidan ham xabarim bor. Shuning uchun bugun oson bo‘lmasligini bilardim. O‘ylaymanki, o‘yin muxlislar uchun yoqdi. Futbolchilarimga va olis yo‘l bosib kelib bizni qo‘llab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman.

Bugungi o‘yin oson bo‘lmaganini aytgan holda durang natija biz uchun qoniqarli bo‘ldi. Lekin bu durang uchun o‘ynadi degani emas. Bizda ham golga tortadigan bir qator vaziyatlar bo‘ldi. Birinchi taymda qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik.  Biz durang uchun o‘ynamadik.

Ibrohim Tomiva diskvalifikatsiya tufayli bugungi o‘yinni o‘tkazib yubordi. Har bir futbolchining o‘z o‘rni bor. Bitta futbolchiga bog‘lanib qolish kerak emas, deb hisoblayman. Bugun hujumchilarimizdan qoniqish hosil qildim.

Hakamlar xususida gapirmagan bo‘lardim. Ularni nazorat qiladigan qo‘mita o‘z xulosasini aytgani ma’qul, - deydi bosh murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!