
"Bunyodkor": Bir necha iqtidorli o‘yinchilar ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilingan
"Bunyodkor" jamoasi kechadan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Aytish kerak, dastlabki kungi mashg‘ulotlarda engil tarzda o‘tkazildi. Bugun esa, futbolchilar «trenajer zali»da shug‘ullanishdi. Qolaversa, aerobika murabbiyi qo‘l ostida ham mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, tarkibda yangi tajribali futbolchilar yo‘q. Bir necha iqtidorli o‘yinchilar ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilingan. Mashg‘ulotlar katta murabbiy Marat Miftaxuddinov boshchiligida o‘tkazilmoqda. Shuhrat Maqsudov, Abdusattor Rahimov va Yorqin Nazarov Marat Valentinovichga ko‘maklashmoqda.
Bosh murabbiy Vadim Abramov xorijda davolanayotgani sababli ayni vaqtda jamoa bilan birga emas. Vadim Karlenovich 20 dekabrdan so‘ng Toshkentga qaytadi va mashg‘ulotlarni o‘zi o‘tkaza boshlaydi.
Mashg‘ulotlar 29 dekabrgacha davom etishi rejalashtirilgan. Yig‘in doirasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Fikrlar