
"Bunyodkor" Antaliyada dastlabki nazorat uchrashuvida Vengriya klubini mag‘lub etdi
Bugun “Bunyodkor” klubi Turkiyaning Antaliya shahrida dastlabki nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Ilk raqib Vengriyaning “Xaladash” jamoasi bo‘ldi.
“Bunyodkor” birinchi bo‘limni quyidagi tarkibda o‘tkazdi: Sarvar Karimov, Tohir To‘xtasinov, Abdufattoh Foziljonov, Momchilo Raso, Usmonali Ismonaliev, Azizbek To‘lqinbekov, Freyn Chiryak, Bilol Tupliev, Toni Yovich, Mirjahon Mirahmadov, Orzu Turg‘unov.
Ikkinchi bo‘limni quyidagi tarkibda davom ettirdi: Marin Lyubich, Narimon Ahmadjonov, Najmiddin Normurodov, Samir Jelkovich, Muzaffar Olimjonov, Amir To‘raqulov, Suhrob Izzatov, Ollobergan Karimov, Umid Sultonov, Andrey Gulyamov, Rustamxon Azimov.
Avvaliga uchrashuvning 10-daqiqasida “Qaldirg‘ochlar”ning yangi legioneri Toni Yovich hisobni ochdi. 22-daqiqada vengriyaliklar a’zosi Patrik Taryan hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv yakunlanib borayotganida, aniqrog‘i, 87-daqiqa o‘tib borayotganida Muzaffar Olimjonov g‘alaba golini urdi.
Fikrlar