Bundesliga klubi “Manchester Siti” to‘purari transferini e’lon qildi

  • 28 iyul, 07:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yoshlar jamoasi a’zosi Farid Alfa-Ruprext faoliyatini Bundasliga vakili “Bayer” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Leverkuzenliklar matbuot xizmati 19 yoshli hujumkor futbolchi transferini rasman e’lon qildi. Manbaga ko‘ra, yosh to‘purar “Bayer”ga 1,3 million evroga tushgan.

Farid Alfa-Rupxert futboldagi ilk qadamlarin Germaniyaning “Gamburg” klubi akademiyasida boshlagan. 2022 yili erkin agent sifatida “Manchester Siti”ga borib qo‘shilgan futbolchi ikki mavsum davomida “shaharliklar”ning yoshlar jamoalarida o‘ynadi.

Xususan, Farid o‘tgan mavsumda “Manchester Siti-U21” jamoasi safida 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini o‘n marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi.

“Bayer” Farid Alfa-Ruprext bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!