
Bundesliga. "Bavariya" safarda yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi
Bundesliga 30-turidan o‘rin olgan "Arminiya" - "Bavariya" o‘yini yakunlandi. Unda mehmonlar yirik 3-0 hisobida zafar quchdi.
Gollarga Laursen (avtogol), Gnabri va Musiala mualliflik qildi. Mezbonlar Noyer darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Shu tariqa, "Bavariya"ning ochkolari soni 72 taga etdi. Jamoa ayni payt jadvalda yaqqol peshqadamlik qilmoqda. "Arminiya" hisobida 26 ochko mavjud bo‘lib, klub 17-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar