Bunaqasi yuz yilda bir bo‘ladi: Ispaniya terma jamoasi g‘alati ishga qo‘l urdi

  • 16 oktabr, 2024, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Millatlar ligasining to‘rtinchi turida Ispaniya terma jamoasi serbiyalik futbolchilar ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Evropaning amaldagi chempioni tomonidan kiritilgan gollarga Emerik Lyaport, Alvaro Morata va Aleks Baena mualliflik qildi.

Bu o‘yinda qiziq holat kuzatildi. Terma jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuente boshlang‘ich tarkibga ispan futboli grandlari – “Real”, “Barsa” va “Atletiko”da birorta futbolchini kiritmadi.

Manbalarning ta’kidlashicha, bunday holat Ispaniya milliy terma jamoasining 114 yillik tarixida so‘nggi bor 96 yil avval kuzatilgan ekan. 1928 yilgi Olimpiya o‘yinlarida Ispaniya terma jamoasi sharafini faqatgina baks millatiga mansub futbolchilar himoya qilgan, Madrid va Kataloniya grandlaridan o‘yinchi olinmagan.

Serbiyaga qarshi bahsda  murabbiylar shtabi boshlang‘ich tarkibda David Rayya (“Arsenal”), Pedro Porro (“Tottenxem”), Dani Vivian (“Atletik”), Emerik Laport (“An-Nasr”), Mark Kukurelya (“Chelsi”), Mikel Merino (“Arsenal”), Fabian Ruis (PSJ), Martin Subimendi (“Real Sosedad”), Mikel Oyarsabal (“Real Sosedad”), Aleks Baena (“Vilyarreal”), Alvaro Morata (“Milan”) kabi o‘yinchilarni ilk daqiqadan o‘ynatdi.

Uchrashuv davomida “Barselona”ning ikki vakili Pedri va Pau Kubarsi zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!