
Bugun Superliga va O‘zbekiston kubogida foydalaniladigan to‘plarning taqdimot marosimi o‘tkaziladi
Xabaringiz bor, 27 fevra kuni Superligada 2020 yilgi mavsumi rasman start oladi.
Yangi boshlanajak mavsumda O‘zbekiston chempionati va kubogi bahslarida o‘zgacha dizayn asosida tayyorlangan futbol to‘plaridan foydalaniladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, yangi mavsum uchun alohida dizayn asosida ishlab chiqilgan yangi to‘plar taqdimot marosimi bugun soat 16:00da O‘FA anjumanlar zalida tashkil etiladi.
Fikrlar