Bugun "Paxtakor"ni muhim o‘yin kutib turibdi

  • 18 aprel, 2022, 04:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasida 4-tur uchrashuvlari boshlanish arafasida. Xabaringiz bor, O‘zbekistondan "Nasaf" hamda "Paxtakor" klublari ushbu turnirda ishtirok etmoqda. 

Bugun OChL 4-tur doirasida Voyneski boshchiligidagi "sherlar" "Al-Duhail" jamoasi bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuv 22:15da start oladi. 

Ayni vaqtda "Paxtakor" o‘z guruhida 3 ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etib turibdi. Shuningdek, "Sepaxon"da ham shuncha ochko mavjud. "Al-Ta’avun" hamda "Al-Duhail" 6 ochko bilan birinchi hamda ikkinchi o‘rinlardan joy olgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!