Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi finalchilari bilan o‘ynaydi

  • 27 yanvar, 12:50
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ayni vaqtda Qatarning Doha shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi nazorat uchrashuvi doirasida Iordaniya bilan kuch sinashadi. 

Iordaniya terma jamoasi 2024 yilda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi finalchilari hisoblanadi. Ular turnirning yarim finalida Janubiy Koreyani 2:0 hisobida taslim etishga muvaffaq bo‘lgan. Finalda esa Qatarga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. 


Afif nets penalty hat-trick as Qatar beat Jordan to retain Asian Cup crown  | Reuters

Raqiblarimiz "JCh-2026" saralashi doirasida "B" guruhdan joy olgan. Ular ayni vaqtda to‘qqiz ochko bilan 3-pog‘onani band etib turibdi. 

Iordaniya joy olgan "B" guruhidagi vaziyat: 

1. Janubiy Koreya: 14 ochko;
2. Iroq: 11 ochko;
3. Iordaniya: 9 ochko;
4. Ummon: 6 ochko;
5. Quvayt: 4 ochko;
6. Falastin: 3 ochko. 

Category:Jordan national football team - Wikimedia Commons

Bilasiz, O‘zbekiston terma jamoasi hal qiluvchi saralash bosqichi doirasida "A" guruhidan joy olgan va 13 ochko bilan o‘z guruhida Erondan keyingi 2-pog‘onani band etib turibdi. 

O‘zbekiston joy olgan "A" guruhidagi vaziyat

1. Eron: 16 ochko;
2. O‘zbekiston: 13 ochko; 
3. BAA: 10 ochko; 
4. Qatar: 7 ochko;
5. Qirg‘iziston: 3 ochko;
6. KXDR: 2 ochko. 

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga yuqoriladi – Gazeta.uz

Ta’kidlash kerak, Iordaniya terma jamoasi ayni vaqtda FIFA reytingida 64-o‘rinni band etib turibdi. O‘zbekiston esa ulardan 6 pog‘ona yuqorida, ya’ni 58-pog‘onada bormoqda. Iordaniya terma jamoasi tarkibining umumiy transfer qiymati 14 million evroni tashkil qilsa, O‘zbekistonda mazkur ko‘rsatkich uch baravardan ham ko‘proq. Aniqrog‘i, 47 million evro (mazkur qiymat terma jamoalarning so‘nggi rasmiy FIFA kunlariga kelgan kengaytirilgan tarkibidan kelib chiqib belgilangan, hozirgi tarkiblardagi qiymat aslida bilan emas). 

Mazkur o‘yin biz uchun nazorat bahsi bo‘lishiga qaramay, ancha ahamiyatli sanaladi. Sababi, bu safar yig‘inga chaqirilganlar tarkibda ko‘p ham imkoniyat berilmaydigan futbolchilar va yangi nomlardan iborat. Qo‘shimchasiga, termamiz murabbiylik postida ham o‘zgarish bo‘lgan. Yoshlarimizni Olimpiadaga olib chiqqan kuchli taktik murabbiy Temur Kapadze qo‘l ostida milliy terma jamoamizni ko‘rish ham qiziq bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, bugungi O‘zbekiston - Iordaniya bahsi Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladi. O‘yin Dohadagi "Abdulloh Bin Halifa" stadionida o‘tkaziladi. Bellashuvni JONLI EFIRda O‘FAning "You Tube" sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Махмуд1966
27/01/2025 15:54
Копадзе кучли тактик мураббий????