
Bugun o‘zbek o‘g‘loni Rossiyada ringga ko‘tariladi!
O‘zbekiston vaqti bilan soat 17:00 da Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boks oqshomi start oladi.
E’tiborlisi, "RCC Boxing Promoutions" tomonidan tashkil etiladigan ushbu kechada hamyurtimiz Nodirbek Soyibov ham ishtirok etib, tojikistonlik Baxodur Usmonovga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Nodirbek prof boksda bugunga qadar 9 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 8 tasida muddatdan avval g‘alaba qozongan.
Fikrlar