Bugun g‘oliblar e’lon qilinadi. Shomurodov va O‘runov da’vogarlar safida!

  • 1 avgust, 2020, 12:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya premer-ligasida mavsum qahramonlarini taqdirlashga bag‘ishlangan marosim bo‘ladi.

Tecno

Unga ko‘ra, sakkizta asosiy nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarga maxsus sovrinlar topshiriladi. Nomzodlar qatorida o‘zbek legionerlari – Eldor Shomurodov va Oston O‘runov ham bor.

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovning nomzodi “Mavsumning eng yaxshi futbolchisi” nominatsiyasiga qo‘yilgan. Eldordan tashqari, bu ro‘yxatdan Artyom Dzyuba, Sardor Azmun, Vilmar Barrios, Duglas Santos («Zenit»), Gjegoj Krixovyak, Aleksey Miranchuk («Lokomotiv»), Nikola Vlashich (TsSKA), Evgeniy Lutsenko («Arsenal»), Daniil Fomin («Ufa»), Aleksandr Sobolev («Krilya Sovetov»/«Spartak»), Erik Bikfalvi («Ural») o‘rin olgan.

46eb09c6660b4b616ea52d945f7b953f5d6a8a9ad230c353778730_1

Oston O‘runov esa “Mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi” nominatsiyasida Fyodor Chalov, Ivan Oblyakov, Kristiyan Bistrovich, Igor Diveev (TsSKA), Magomed-Shapi Suleymanov, Matvey Safonov, Daniil Utkin («Krasnodar»), Daniil Lesovoy («Arsenal»), Aleksandr Maksimenko («Spartak»), Maksim Glushenkov («Krilya Sovetov»), Xvicha Kvaratsxeliya («Rubin») bilan raqobatlashadi.

145586-27_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Diyorbek Abdumannopov
31/07/2020 13:42
Eldor bu sovrinni olgani qiynaladi ammo Ostonda yaxwiroq imkoniyat bor deb oylayman hullas hammasi gazini bossin
Н. М.
31/07/2020 03:35
Элдор Шомуродовга овоз берворамиз, линк: https://instagram.com/stories/afcasiancup/2364584376640924743?utm_source=ig_story_item_share&igshid=13wph86gvbag