
Bugun Dushanbe Grand Slam turnirida o‘rta vaznli dzyudochilarimizga muxlislik qilamiz
Tojikiston poytaxti mezbonlik qilayotgan Dushanbe Grand Slam 2025 turnirining ikkinchi kuni 4 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Bugungi murosasiz bellashuvlarda terma jamoamizning etti nafar dzyudochisi ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi. Ularga g‘alaba va omad yor bo‘lsin.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi bellashuvlari:
-73 kg: Hojiakbar Toshev — Giorgi Terashvili (Gruziya)
-73 kg: Muhammadyahyo Muhammadjonov — Sayxan Shabixanov (IJF)
-81 kg: Murodjon Yo’ldoshev — G‘anijon G‘aniev (Tojikiston)/Agajan Ayxanov (Turkmaniston)
-81 kg: Suhrob Tursunov — Ilham Soyunjov (Turkmaniston)/Dosxan Joljaxinov (Qozog‘iston)
-63 kg: Sevinch Isoqova — Serina (Indoneziya)
-70 kg: Farangiz Hojieva — Liu Lu (Xitoy)
-70 kg: Nodira Yo’ldosheva — Yildiz Muradova (Turkmaniston)
Fikrlar