
Bugun dunyoning eng kuchli ligasi start oladi. Musobaqani "Liverpul" ishtirokidagi o‘yin ochib beradi
Bugun dunyoning eng kuchli chempionati hisoblangan Angliya premer-ligasida yangi 2019/20 yilgi mavsumga start beriladi.
Aytish kerakki, mavsumni amaldagi vitse-chempion – “Liverpul” ishtirokidagi o‘yin ochib beradi. Shu kuni mersisaydliklar o‘z maydonida debyutant jamoa - “Norvich”ni qabul qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Norvich” bahsi Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar