
Bugun BAA chempionati va RPLdagi legionerlarimiz o‘ynaydi
Bugun xorijda to‘p tepadigan bir nechta futbolchilarimiz klubi safida o‘z o‘yindarini o‘tkazadi.
Birlashgan Arab Amirliklari chempionati 6-turida "Dubay derbisi" bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aziz G‘aniev harakat qiladigan "Shabab Al Ahli" o‘z uyida "Al Nasr"ni qabul qiladi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanishi rejalashtirilgan.
Bugun Rossiya premer-ligasi 13-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur turda Qozonning "Rubin" jamoasi o‘z uyi - "Kazan Arena"da "Baltika"ni mehmon qiladi. Legionerlarimiz Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev jamoasiga yordam berishga tayyor. Bu bahs 21:00da start oladi.
Fikrlar