
Bugun A’loxon Abdullaev jang qiladi!
Xabar berib o‘tganimizdek, bugun 8 avgust kuni Rossiyaning Ufa shahrida IBA chempionlar oqshomi doirasida yosh iste’dodli bokschimiz A’loxon Abdullaev ringga ko‘tariladi. U qozog‘istonlik Saparboy Aydarovga qarshi jang qiladi. Mazkur jang -75 kg vazn toifasida eliminator jangi hisoblanib, g‘olib navbatdagi jangida IBA chempionlik kamari uchun bahs yuritadi. Janglar taxminan Toshkent vaqti bilan 18:30 da start oladi.
Ma’lumot uchun, Aydarov professional boksda 8 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. A’loxon Abdullaev esa havaskor boksda o‘smir-yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon chempionati sovrindori hisoblanadi.
Albatta, mazkur muhim jangda hamyurtimizga omad tilaymiz!
Fikrlar